Nagelsmann ECHL rekordini o'rnatdi
20 fev 2020 08:40
Yangiliklar
Nagelsmann ECHL rekordini o'rnatdi
“Leypcig” ECHL 1/8 finalining ilk bellashuvida “Tottenxem”ni safarda 1:0 hisobida engdi.
“Leypcig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann esa ECHL rekordini o'rnatdi. U CHempionlar Ligasi pley-offida ishtirok etgan eng yosh murabbiy (32 yosh 211 kunlik) sifatida tarixga kirdi. Avvalgi rekord “SHalke-04” sobiq ustozi Domeniko Tedeskoga tegishli edi. U 1/8 finalda “Manchester Siti”ga qarshi jamoasini boshlab tushganda 33 yosh 161 kunlik bo'lgan.
Fikrlar