Virjil van Deyk: "Nafaqat bosh murabbiy, balki butun shtabni yangilash kerak bo'ladi"
30 jan 2024 13:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/725002_original.jpg)
![](/upload/storage/725002_220.jpg)
Virjil van Deyk: "Nafaqat bosh murabbiy, balki butun shtabni yangilash kerak bo'ladi"
Himoyachi Virjil van Deyk "Liverpul"dan bosh murabbiy Yurgen Klopp ketgach, yangi mavsumda ham jamoada qolish-qolmasligi haqidagi savolga javob berdi.
"Yaxshi savol bo'ldi, ammo hozircha unga aniq javob bera olmayman. Yangi mavsumni "Liverpul"da boshlashim nomalum.
SHartnomam tugashiga 18 oy qoldi? Ha, lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Jamoa katta ko'lamdagi ishni bajarishi zarur. Nafaqat bosh murabbiy, balki butun shtabni yangilash kerak bo'ladi. Ko'p narsa o'zgaradi. Bu haqida rasman elon qilishgach, vaziyatga qaraymiz. Hozir yangi mavsumni aniq "Liverpul"da boshlayman, deb ayta olmayman".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar