So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  3 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  78 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

Nafaqaga chiqishni istamayotgan top-10 futbolchi Yangiliklar

Nafaqaga chiqishni istamayotgan top-10 futbolchi

Futbolni faqatgina yoshlar o'ynamaydi.

SHunday futbolchilar borki, ularni ko'rib, futbol yosh tanlamasligini anglaysiz.

10. Bruno SALTOR (Ispaniya, 01.10.1980, 38 yosh)

Tajribali ispaniyalik o'z mamlakatida hatto yoshlar termasida ham o'zgartirilmas edi. Keyinchalik u 2012 yildan buyon "Brayton" tarkibida faoliyat olib bormoqda. Saltorning bo'yi 180 santimetrga etganidan keyin CHempionshipning eng yaxshilaridan biriga aylandi. Angliya futboli eshelonining 5 mavsumida kamida 30tadan o'yin o'tkazdi. 

Bu mavsumda u jarohatlar bilan kurashmoqda: avvaliga  beli, keyinchalik tizzasi. SHu boisdan u APLning 5 o'yinida qatnashdi. Ammo "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda golli pas oshirishga erishdi.

9. Artur BORUC (Polsha, 20.02.1980, 38 yosh)

Ayni damda "Bornmut" sharafini himoya qilayotgan golkiper o'z nomini "Seltik"da tanitgan. SHuningdek, u "Fiorentina" va "Sautgempton" sharafini ham himoya qilgan. Ammo u shotland jamoasi tarkibida o'zining qanday darajadaligini ko'rsatgandi.

Milliy jamoa tarkibida u ikkita Evropa chempionati va 2006 yilgi mundialga borgan. 11 yil oldin Boruc Glazgoda polshalik oilani o'g'rilar hujumida qutqarib qolgandi, bir necha yillar oldin o'zining jonajon "Legiya"si ashaddiy muxlislariga yordam berib turdi. Bu mavsumda Boruc APL doirasida birorta o'yinda qatnashmadi, 12 bahsda zaxirada bo'ldi.

8. Floran BALMON (Franciya, 02.02.1980, 38 yosh)

Miniatyur yarim himoyachining bo'yi 167 santimetr. Ammo yuqori darajadagi tajriba egasi. Balmon o'smirlik faoliyatini "Lion"da boshlagan. Biroq uning ismini mashhur qilgan klub "Lill" hisoblanadi. U ushbu klub sharafini 8 yil davomida himoya qildi. Ayni damda u o'zining o'g'li teng futbolchilar bilan "Dijon"da faoliyatini davom ettirmoqda. 

Bu mavsum u uchun omadsiz bo'lmoqda. Futbolchi oyog'ining tovoni tepa qismidan olgan jarohatini tuzatayotgani bois, ligada 4 o'yinda qatnashdi.

7. Yaroslav DROBNI (CHexiya, 18.10.1979, 39 yosh)

"Verder" darvozaboni bu mavsumda jamoasining qaydnomasiga kiritilmayapti. U bu borada vatandoshi Irji Pavlenko va Luka Plogamanlarni o'zidan o'tkazib yuborgan. Drobni 6 yil oldin Evroda qatnashish uchun Ukraina va Polshaga bordi. 

Golkiper "Gerta"dagi faoliyati bilan ko'pchilikka tanish. U ushbu klub tarkibida 2007-2010 yillar davomida 97 o'yinda qatnashdi. Hozirda tajribali chexiyalik murabbiylik faoliyatiga tayyorlanmoqda.

6. Xulian SPERONI (Argentina, 18.05.1979, 39 yosh)

Soqolli argentinalik 2004 yilda "Kristal Pelas"ga kelgandi. O'shandan buyon u boshqa jamoalardan tushgan takliflarni o'ylab ham o'tirgani yo'q. Murabbiylar o'zgarsa ham, jamoa omadsizlik girdobiga tushsa ham, CHempionshipda bo'lsa ham "burgutlar"ga sodiq qoldi.

O'tgan mavsumda Xennesi jarohat olganidan keyin Speroni asosiy tarkibda o'tdi. Biroq Ueyn jarohatidan qaytsa ham Xulien o'z joyini bo'shatmadi. Hozirda Speroni ham Drobni kabi qaydnomaga kiritilmayapti. Ammo mashg'ulotlar davomida u kabi sodiqlikni namoyish qilganlar futbolchilarga ruhiy tomonlama yordam bo'ladi. Malum bo'lishicha, sodiq futbolchi keyingi mavsumdan etiboran jamoaning darvozabonlar murabbiyiga aylanadi.

5. Serjio PELLISE (Italiya, 12.04.1979, 39 yosh)

Tajribali italiyalik yuqoridagi ikki darvozabondan farqli ravishda o'z jamoasiga katta foyda keltirmoqda. U "Kevo"ga 21 yoshida kelgandi. 2009 yilda Italiya termasi tarkibida bir o'yin o'tkazgan futbolchi SHimoliy Irlandiya termasi darvozasini ishg'ol qilgandi. SHundan keyin "sariq-qoralar" tarkibida hattoki B Seriyada ham o'ynagan bo'lsa-da, boshqa jamoalarga o'tib ketmadi.

Forvardning eng yaxshi natijasi 2007/08 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda Serjio Italiyaning ikkinchi divizionida 22 gol kiritishni uddalagandi. A Seriyada esa uning natijalari biroz pastroq. Pelise 2006-2009 yillar davomida ushbu ligada 13 gol kiritgandi.

4. Stefano SORRENTINO (Italiya, 28.03.1979, 39 yosh)

"Lacio" va "Yuventus" tizimida ancha  etilgan posbon futbolga ilk qadamlarini "Torino" safida tashlagandi. "Buqalar" tarkibida u o'zining noodatiy xatti-harakatlaridan keyin Greciyaning AEK jamoasidan taklif oldi.

U Greciyada o'zi kabi bo'la olmadi. Oradan vaqt o'tiyu "Rekreativo" va "Kevo" kabi jamoalar uni o'ziga chorladi. Sorrentino esa Verona jamoasini tanladi. Bu tumanda 4 mavsum davomida yuqori saviyada o'yin namoyish qilganidan so'ng "Palermo"ga ko'chib o'tdi va jamoani B Seriyadan qaytishiga yordam berdi. "Kevo" yana jamoaga chorlayverganidan keyin darvozabon Siciliya klubi bilan shartnomasini bekor qildi va "uchar otlar"ga qaytdi. Ayni damda Sorrentino "Kevo"ning asosiy posboni hisoblanadi. U bu mavsumda jamoasi tarkibida 11 o'yinda qatnashdi.

3. Klaudio PISARRO (Peru, 03.10.1978, 40 yosh)

SHak-shubxasiz afsonaviy forvard o'tgan oyda o'zining qirq yilligini nishonladi. O'z ishining haqiqiy ustasi, har doim o'zining kun tartibiga rioya qiladigan, alkogol istemol qilmagan va yoshiga qaramasdan har doim mashg'ulotlarda qatnashadigan futbolchi. Bu mavsumda u o'z faoliyatida beshinchi marta "Verder"ga qaytdi. 

U bremenliklar bilan ilk marta 1999 yilda shartnoma imzolagandi. Keyinchalik 2008 yilda ijara asosida "CHelsi"da o'ynadi. Oradan uch yil o'tib, "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi. 2015 yilda yana "Verder"ga qaytdi. Bu mavsumda Pisarro ikki gol urdi. Ular 40 yoshga kirganidan keyin kiritilganini takidlash joiz.

2. Janluiji BUFFON (Italiya, 28.01.1978, 40 yosh)

Futbol olamining sodiqlik namunasi ayni damda PSJda faoliyat olib bormoqda. Jiji Liga1ning 6 o'yinida 4 gol o'tkazib yubordi. 19 noyabr kunida u A Seriyada debyut qilgan ekan. Buffonning Parij jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. 

Bir necha oylardan keyin yana bir yoshga yosharadigan 2006 yilgi jahon chempioni keyingi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.

1. Vitorino ILTON (Braziliya, 13.09.1977, 41 yosh)

41 yoshli futbolchi Franciyaning yuqori divizionida bronza medal uchun qattiq kurashadigan jamoa tarkibida o'zgartirishlarsiz o'yinni to'liq o'tkaza olishini tasavvur qilish qiyin. Hali biror marta Braziliya termasidan chaqiruv olmagan Vitorino bu mavsum Liga1ning 11 o'yinida qatnashdi. U yana ikki o'yinda ham qatnashishi mumkin edi. Biroq uning o'zini tutishi bunga yo'l bermadi. 

"Monpele" sardorining jamoasi bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin o'z kuchini yo'qotadi. Aytilishicha, futbolchi keyingi mavsumda ham "Monpele" safida qolib, faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика