Nacho "Real" tarkibida 250ta o'yin o'tkazdi
20 dek 2021 11:01
Yangiliklar
Nacho "Real" tarkibida 250ta o'yin o'tkazdi
"Real" Ispaniya chempionati 18-tur doirasida "Kadis" (0:0) bilan durang o'ynadi.
Bu madridliklar himoyachisi Nacho Fernandes uchun klub tarkibidagi 250-o'yin bo'ldi. "Real" prezidenti Florentino Peres o'yindan so'ng esdalik libosini 31 yoshli ispanga sovg'a qildi.
Nacho "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va asosiy jamoada 2013 yildan beri o'ynaydi. U madridliklar tarkibida CHempionatlar Ligasi (4 marta), klublar o'rtasidagi JCH (4 marta), Ispaniya chempioni (2 marta) va bir bor mamlakat Kubogi sohibiga aylangan.
Himoyachi 250ta o'yinda 14ta gol va 8ta assist qayd etdi. Nacho joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar