So’nggi yangiliklar

10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  4 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  89 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Myunxen aviahalokatida tirik qolib, bir necha kishini qutqargan darvozabon vafot etdi Yangiliklar

Myunxen aviahalokatida tirik qolib, bir necha kishini qutqargan darvozabon vafot etdi

Qayg'uli yangilik - "Manchester Yunayted"ning afsonaviy shimoliy irlandiyalik darvozaboni, Myunxen aviahalokatida tirik qolgan va klubga 10 yil umrini bag'ishlagan Garri Gregg (1932-2020) vafot etdi.

Qayg'uli yangilik - "Manchester Yunayted"ning afsonaviy shimoliy irlandiyalik darvozaboni, Myunxen aviahalokatida tirik qolgan va klubga 10 yil umrini bag'ishlagan Garri Gregg (1932-2020) vafot etdi.

Garri ucha olmagay, bo'laklarga bo'linib, yonib ketgan samolyotdan bir necha kishini olib chiqqan. Gregg o'zgalar hayoti uchun o'zini olov ichiga otgan. Yugoslaviyalik diplomatning xotini Vera Lukich, uning qizi Vesna, MYU futbolchilari Bobbi CHarlton, Albert Skelon, Rey Vud, Dennis Vayolet, Jeki Blenchflauer Garridan qarzdor. CHarlton va Vayolet xushsiz edi, shimoliy irlandiyalik futbolchi ularni shimining kamariga bog'lab olib chiqqan... Gregg murabbiy Mett Basbiga suniy nafas berib, uni hayotga qaytargan. Barcha esga olingan odamlar tirik qolgan. O'sha halokatda 23 kishi vafot etgan va ularning sakkiz nafari MYU futbolchilari bo'lgan.

U Myunxendagi voqeadan 13 kun o'tib maydonga tushgan ("SHeffild Uensdey"ga qarshi Kubok o'yini) va boshidagi jiddiy og'riqlarga qaramay, mavsumni yakunlay olgan. Bir necha oy o'tib Gregg neyroxirurgga murojaat qildi va unda bosh miya suyagi sinishi aniqlandi. U aynan o'sha mavsumda MYUdagi cho'qqisiga etdi - u "qizil iblislar" bilan Kubok finaliga chiqdi, biroq hal qiluvchi bahsda "Bolton" g'alaba qozondi (2:0). Keyin Gregg raqobatda Gaskellga mag'lub bo'ldi va bir necha yil jarohatlardan azob chekdi. Uning o'yin darajasi pasayib ketdi. Yangi MYU u bilan ikki marta mamlakat chempioni bo'ldi va 63 yilda Kubokni qo'lga kiritdi, ammo har safar medal olish uchun Garri uchrashuvlarda etarlicha ishtirok eta olmadi.

Uning faoliyati cho'qqisi terma jamoada bo'lgan - Gregg SHveciyadagi JCH-1958da SHimoliy Irlandiya terma jamoasini chorak filangacha olib chiqqan va turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. O'shanda ham u jarohat bilan o'ynagan edi.

Hozir bunday futbolchilar etishib chiqmayapti.

Gregg SHimoliy Irlandiya terma jamoasi safida 25ta, MYUda 247ta (1957-1966, uni "Donkaster"dan 23 ming funtga sotib olishgan, o'shanda bu narx darvozabon uchun rekord summa edi) o'yin o'tkazgan.

"Stok Siti" safidagi uzoq bo'lmagan faoliyatidan so'ng Garri 1966 yilda murabbiyga aylandi, darvozabonlar murabbiyi emas, bosh murabbiy. Qiziq, ammo aynan Gregg 1986 yilda MYUni boshqarishga asosiy nomzodlardan biri bo'lgan va uni Mett Basbi tavsiya qilgan, biroq direktorlar kengashi Aleks Fergyusonni tanlagan edi... 2012 yilda MYU Fergi boshchiligida Garri Gregg sharafiga o'tkaziladigan o'yin uchun Belfastga kelgandi.

Ha, aytgancha, Garri (Harry) bu ism emas, laqab. Darvozabon o'zining haqiqiy ismi - Genrini yoqtirmagan ko'rinadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика