MYUning sobiq sardori jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi
16 avg 2023 09:22
Yangiliklar
MYUning sobiq sardori jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi
Manchester Yunayted himoyachisi Harri Maguayr yangi mavsumda ham klubda qoladigan bo'ldi.
Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Maguayrning «Vest Hem»ga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi. Qayd etilishicha, Harri «Vest Hem»ni hurmat qiladi, ammo London klubi bilan kelishuv bo'yicha muzokara o'tkazmagan. Angliyalik himoyachi «MYU»da unga yana imkoniyat berilishiga ishonmoqda.
Avvalroq, Maguayr 30 million funt evaziga «Vest Hem»ga o'tishga yaqin ekani xabar qilingandi. Erik ten Hag ham himoyachi bilan xayrlashishga tayyorligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar