MYUning sobiq futbolchisi APL chempioni bo'ladigan jamoani aytdi
29 avg 2018 21:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450934_original.jpg)
![](/upload/storage/450934_220.jpg)
MYUning sobiq futbolchisi APL chempioni bo'ladigan jamoani aytdi
Norvegiyaning "Molde" jamoasi bosh murabbiyi, "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ole Gunnar Sulsher "qizil iblis"larning "Old Trafford"dagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Albatta, "Manchester Yunayted" muxlislari ijobiy startni kutishgandi. Ha, MYU birinchi bo'limda "Tottenxem"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmagandi. Futbolda shunday, sen urmasang, senga urishadi. Dushanba kuni bu gap yana bir bor o'z isbotini topdi. Ishonaman, MYU bu holatdan chiqib keta oladi. Ammo, APLning bu mavsumdagi chempioni "Manchester Siti" yoki "Liverpul" bo'ladi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar