MYUning navbatdagi azosi Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
07 sen 2019 23:38
Yangiliklar
MYUning navbatdagi azosi Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Jessi Lingard Angliya terma jamoasiga bo'lajak bahslarda yordam bera olmaydi.
Gap shundaki, futbolchining sog'lig'ida muammolar bo'lgani bois termaning murabbiylar shtabi unga javob bergan.
Avvalroq, «qizil iblislar»ning boshqa bir azosi Aaron Van Bissaka belidan jarohat olgani sabab terma jamoa bazasini tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, bugun Angliya Evro-2020ning saralashidan o'rin olgan Bolgariya qarshi bahsda yirik g'alabaga erishdi. 10 sentyabr kuni esa Garet Sautgeyt shogirdlari Kosovo termasiga qarshi to'qnash kelishadi.
Fikrlar