MYUning Evropa ligasini qaysi bosqichdan boshlashi "Manchester Siti"ga bog'liq
13 may 2019 23:05
Yangiliklar


MYUning Evropa ligasini qaysi bosqichdan boshlashi "Manchester Siti"ga bog'liq
Angliya Kubogining finali 18-may kuni Manchester Siti hamda Uotford jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Mazkur uchrashuvdagi natija «Manchester Yunayted»ning Evropa ligasini qaysi bosqichda boshlashiga aniqlik kiritadi.
Demak, agar «Uotford» Gvardiola jamoasini taslim etsa, u holda «qizil iblislar» 25-iyul kuni Evropa ligasining 2-saralash uchrashuvlarida qatnashadi. Biroq, hal qiluvchi bahsda «shaharliklar»ning qo'li baland keladigan bo'lsa, unda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Evropa ligasini to'g'ridan-to'gri guruh bosqichidan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar