Myuller kechirim so'radi
13 dek 2018 17:45
Yangiliklar
Myuller kechirim so'radi
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller CHempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur o'yinida (3:3) oyog'i bilan boshiga zarba bergani uchun "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafikodan kechirim so'radi.
Voqea ikkinchi bo'lim o'rtalarida sodir bo'ldi. Raqibni payqamagan Myuller to'p uchun oyog'ini baland ko'tardi. Oyog'i oldidan Talyafiko paydo bo'ldi va nemis futbolchisi raqibining boshiga butsasi bilan zarba berdi. Forvard maydondan chetlatildi.

"Kechagi voqea uchun Niko Talyafikodan kechirim so'rayman. G'arazli niyatim yo'q edi. Tuzalib ket" - deb yozdi Myuller "Tvitter"dagi sahifasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar