Myuller: “Germaniya Keynning golsiz seriyasi davom etishiga qarshi emas”
26 iyu 2021 22:00
Yangiliklar
Myuller: “Germaniya Keynning golsiz seriyasi davom etishiga qarshi emas”
“Ikkala jamoa ham guruh bosqichida ishonchli tarzda harakat qildi, shuningdek, muvaffaqiyatli chiqmagan uchrashuvlarda ham yaxshi o'ynadi. Vengriya bilan bahsda ko'proq narsaga umid qilgandik. Biroq, bo'lajak o'yin juda muhim. Ikkala jamoa ham musobaqaning keyingi bosqichiga chiqishga o'z imkoniyatlari etarlicha deb ishonishadi.
Jarohatimga kelsak, menda muammo bo'lganida, bugungi mashg'ulotlarda qatnashmagan bo'lardim. Tizzamdagi jarohat bezovta qilmayapti. Angliyaga qarshi o'yinda bu menga muammo tug'dirmasligiga aminman.
Keyn? Eng zo'r hujumchilar sabr-toqatli bo'ladi. Ular doimo o'z imkoniyatlarini kutadi. U nega Evroda hali ham gol urmaganini bilmayman. Agar bu chorshanbagacha davom etsa, biz qarshi bo'lmaymiz va gol o'tkazib yubormaymiz”, deydi Myuller.
England Raheem Sterling - 75', Harry Kane - 86' |
EURO Final Stage . 1/8-tur 29/06/2021, 22:00 0
:
2
Tugadi
|
Germany |
Stadion: Wembley, 41973 tomoshabin
Bosh hakam: Danny Makkelie
Fikrlar