Myuller: "Flik bizga nimanidir tushuntirishiga majbur emas"
18 apr 2021 11:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631903_original.jpg)
![](/upload/storage/631903_220.jpg)
Myuller: "Flik bizga nimanidir tushuntirishiga majbur emas"
Kecha "Bavariya" safarda "Volfsburg"ni mag'lub etdi.
Ushbu uchrashuvdan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum yakunidan so'ng jamoadan ketish istagi borligini malum qildi. Murabbiyning mavsumdan keyin ketishiga "Bavariya" forvardi Tomas Myuller o'z fikrlarini bildirdi.
"Flik nima uchun bu qarorga kelganini aytgani yo'q. U bizga bir yarim yil davomida quvvat berdi. "Bavariya"da bosh murabbiy bo'lish uchun juda katta salohiyatga ega bo'lish kerak. Og'ir damlarda u bizga hamroh bo'ldi. SHu boisdan u bizga nima uchun ketayotganini tushuntirishga majbur emas", - dedi Myuller.
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Xans-Diter Flik Germaniya termasini boshqarishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar