MYU yozda 95 mln evrolik futbolchisini sotmoqchi
13 apr 22:21
Yangiliklar
MYU yozda 95 mln evrolik futbolchisini sotmoqchi
"Manchester Yunayted" o'yinchilarning maoshiga ketadigan pul mablag'larini tejash uchun yozda hujumchi Antonini sotmoqchi.
Klub "qizil iblislar" safiga o'tishga sarflangan pullarning bir qismini qaytarmoqchi, shu sabab o'yinchini maksimum yuqori narxga sotishga urinadi. Klub shuningdek o'yinchining yillik 7 mln evro atrofidagi maosh miqdorini iqtisod qilmoqchi va uni boshqa maqsadlarga yo'naltirmoqchi.
Hujumchining o'rniga asosiy davogar sifatida "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olise ko'rilmoqda, ammo klub boshqa ehtimoliy nomzodlarni ham ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Antoni Angliya klubiga "Ayaks"dan 2022 yilning yozida 95 mln evro evaziga o'tgandi.
Fikrlar