MYU yanvarda "Atletiko" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
4 sen 2021, 13:58
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

30 yoshli futbolchi hali ham "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Manchesterliklar o'yinchi bilan yozda shartnoma imzolashga urinishdi, ammo bitim amalga oshmadi. Angliya klubi yanvarda yangi bitim tayyorlaydi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar

AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo