MYU xavbeki klubga qaytishni xohlamayapti
30 iyu 2022 18:24
Yangiliklar
MYU xavbeki klubga qaytishni xohlamayapti
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra "Flamengo"da qolmoqchi.
Bugun, 30 iyunda, futbolchining Braziliya klubi bilan ijara bitimi tugaydi.
"Qaerda o'ynashimni hal qila olmayman, bu klubning huquqi, ammo o'zim "Flamengo"da faoliyatimni davom ettirishni istardim. Hozirda vaziyat mening qo'limda emas.
Tez orada barchamiz buni muhokama qilamiz va qanday yo'l tutish klub uchun, men uchun yaxshi ekanligini muhokama qilamiz. Har qanday holatda ham, menga bu er yoqadi", — deydi futbolchi.
Fikrlar