MYU Xamesni 80 mln evroga sotib olishga tayyor
28 iyu 2017 10:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/261551_original.jpg)
![](/upload/storage/261551_220.jpg)
MYU Xamesni 80 mln evroga sotib olishga tayyor
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Xames Rodrigesni 80 million evroga sotib olmoqchi
Kolumbiyalik futbolchini “qirollik klubi”da zaxirada qolib ketishi qoniqtirmayabdi, deya xabar bermoqda Mediaset. Joriy mavsumda Xames “Real” safida bor yo'g'i 22 uchrashuvni o'tkazgan, shulardan 13tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. 25 yoshli futbolchi 8ta golga mualliflik qilgan va 6ta golli uzatma oshirgan. Xames Rodriges “Real Madrid” tarkibida 2014 yildan beri to'p tepib kelmoqda. Mana shu vaqt ichida Xames “Real” tarkibida 110 uchrashuvni o'tkazgan va 36ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar