MYU "Vest Xem" o'yinchisi Raysning bitimiga Lingardni qo'shishi mumkin

Alisher
9 apr 2021, 18:47
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida "Vest Xem" xavbeki Deklan Rays bilan bo'ladigan bitimga yarim himoyachi Jessi Lingardni qo'shish imkoniyatlarini baholamoqda.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher 22 yoshli tayanch yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Rays Nemanya Matichga uzoq muddatli o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Lingard mavsumni ijara asosida "Vest Xem"da o'tkazmoqda, u London jamoasi safida APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

Deklan Rays esa Angliya terma jamoasi libosida 15ta o'yinda harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic