MYU va “Stok Siti” sobiq himoyachisi 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
12 jan 2022 09:30
Yangiliklar
MYU va “Stok Siti” sobiq himoyachisi 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
“Inter Mayami” azosi Rayan SHoukross futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi.
U klub bilan shartnomasini bekor qilganini aytdi.
SHoukross faoliyatini MYUdan boshlagan. U “qizil iblislar” tarkibida Angliya Liga Kubogida 2 ta o'yin o'tkazgan, Angliya TJda esa bitta uchrashuvda (2012 yil, SHveciyaga qarshi) maydonga tushgandi. Faoliyatining asosiy qismini 34 yoshli o'yinchi “Stok Siti”da o'tkazgan.
SHoukross 2021 yil fevral oyida “Inter Mayami” futbolchisiga aylandi va 12 o'yinda qatnashdi. Avgustda esa u belidan jarohat olgandi.
Fikrlar