MYU va "CHelsi" iqtidorli darvozabon uchun kurashga qo'shilmoqchi
26 fev 2018 13:40
Yangiliklar


MYU va "CHelsi" iqtidorli darvozabon uchun kurashga qo'shilmoqchi
"Manchester Yunayted" va "CHelsi" yozda "Liverpul" bilan "Roma" posboni Alison Beker uchun kurashga tayyor.
Malumotlarga ko'ra, klublar braziliyalikda o'z darvozabonlari uchun o'rinbosarni ko'rishmoqda. "Real" "CHelsi" va MYU kipperlariga qiziqish bildirmoqda va ularning birini xarid qilishi mumkin.
Oldinroq, "Liverpul" "Roma" bilan Alison borasida muzokaralarni boshlagani elon qilingan edi. Mersisayd klubi ushbu transferni amalga oshirsa, belgiyalik posbon Simon Minole jamoani tark etadi.
Joriy mavsum 25 yoshli darvozabon A Seriyaning 26ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar