MYU va "Atletiko" darvozabon almashishi mumkin
28 may 2021 11:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639510_original.jpg)
![](/upload/storage/639510_220.jpg)
MYU va "Atletiko" darvozabon almashishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozabon David de Xea bilan yozgi transfer oynasida xayrlashmoqchi.
"Qizil iblislar" uni Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni uchun ayirboshlashga taklif qilishmoqchi. De Xea "matraschilar" safiga yuborilishi, Yan Oblak esa teskari yo'nalishda klubga o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, David 2011 yildan beri manchesterliklar safida o'ynaydi, u aynan "Atletiko" tarbiyalanuvchisidir. Oblak esa 2014 yildan beri Madrid klubi sharafini himoya qiladi.
Ikkala darvozabonning ham hozirgi klublari bilan tuzgan shartnomalari 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. La Liganing amaldagi chempioni darvozasini qo'riqlayotgan Yan Oblak ayni damda dunyoning eng qimmat posboni hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar