MYU Tuanzebening mavsum so'ngiga qadar ijarasi uchun "Napoli"dan 1 mln evro xohlamoqda
01 jan 2022 16:17
Yangiliklar
MYU Tuanzebening mavsum so'ngiga qadar ijarasi uchun "Napoli"dan 1 mln evro xohlamoqda
"Napoli" "Manchester Yunayted" bilan himoyachi Aksel Tuanzebening mavsum so'ngiga qadar ehtimoliy ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya klubi 1 million evro so'radi. "Napoli" 400 ming to'lashga tayyor. Muzokaralar davom etmoqda.
24 yoshli mudofaa o'yinchisi "Aston Villa"da o'ynamoqda. Birmingem klubi himoyachini avgustda MYUdan ijaraga olgandi.
O'yinchining o'zi "Napoli"ga o'tishga rozilik bildirdi. Endi u ham "Manchester Yunayted", ham "Aston Villa"ning qarorini kutmoqda.
Tuanzebe joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar