MYU transferlar bilan ishlash masalasini yaxshilash uchun yangi bo'lim tashkil etadi
03 mar 2020 16:43
Yangiliklar


MYU transferlar bilan ishlash masalasini yaxshilash uchun yangi bo'lim tashkil etadi
"Manchester Yunayted" transferlarga yondashuvni o'zgartirmoqchi.
Klubda 8 nafar mutaxassisdan iborat bo'lgan yangi bo'lim tashkil etiladi. Ushbu bo'lim mankunianliklarning har bir potencial yangi o'yinchisi bo'yicha malumotlarni tahlil qilib boradi.
"Manchester Yunayted" oldinlari ham video va malumotlar tahlilidan foydalangan. Ammo, "The Athletic" nashrining malumotiga ko'ra ular bu yo'nalishda APLning boshqa klublaridan yaxshigina orqada bo'lib kelishgan.
Yangi bo'limga nomzodlar bilan allaqachon suhbatlar bo'lib o'tmoqda. Ularning bari malumotlarni oshkor qilmaslik to'g'risidagi kelishuvga imzo chekishlari shart.
"Manchester Yunayted" APLda 28 o'yinda 42 ochko to'plagan holda turnir jadvalining beshinchi pog'onasida borishmoqda.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar