So’nggi yangiliklar

20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  0 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  0 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  0 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  4 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  2 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  11 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 16:35Футзал бўйича Жаҳон чемпионати чипталари сотуви старт олди  1 16:23Элдор Шомуродов учун қийин танлов. Ҳамма гап 1,6 миллиард долларга қурилган стадионда  9 16:10Легионер мураббий, "Насаф" посбони ва "Металлург" ҳимоячиси — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  3 16:00ПРО-Лига. 16-тур расмийлари эълон қилинди  1 15:429 нафар гол урган футболчи — Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  2

MYU so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi: MYU - "CHelsi" 1:1 Yangiliklar

MYU so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi: MYU - "CHelsi" 1:1

Angliya premer ligasining 9-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "CHelsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Manchester Yunayted – CHelsi 1:1
26 oktyabr, 21.00, Old Trafford
Gollar:
Drogba 53, - 0:1.Van Persi 90+4, - 1:1.
Manchester Yunayted
– D
e Xea, Blind, SHou, Smolling, Roxo, Rafael, Yanuzay, Di Mariya, Fellayni, Mata (Uilson, 66), van Persi.
CHelsi
Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Filipe Luis, Fabregas, Matich, Oskar (Obi Mikel, 65), Villian (Zuma, 90+2), E. Azar (SHyurrle, 89), Drogba.
Ogohlantirishlar:
Rafael 12, Drogba 21, Matich 38, Fabregas 50, Oskar 62, Azar 86, van Persi 90+4. 


                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH

90+5. Uchrashuv yakunlandi. Ajoyib bahsda g'olib aniqlanmadi. Mourino hamda Van Gal o'yindan so'ng bir birlarini tabriklab qo'yishdi. Navbatdagi matnli translyaciyalarda uchrashguncha!

90+4. Di Mariyaning to'p uzatishidan so'ng Fellaini to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Kurtua to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Van Persi darvozaga yo'lladi - 1:1.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VAN PERSIIIIIIIIIIII! 1:1

90+4.
MYU jarima to'piga ega gol bo'ladimi?

90+3. CHetlatish! "CHelsi". Ivanovich! Ikkinchi sariqni olgan Branislav maydonni tark etdi

90+2. O'zgarish. "CHelsi". Villian o'rniga Zuma tushdi

90+1. DI MARIYA! 30 metrlardan chap oyoqda yo'llangan zarbadan so'ng Kurtua to'pni ushlab qoldi

90. O'yinga to'rt daqiqa qo'shib berildi

88. O'zgarish. "CHelsi".
Azar o'rniga SHyurrle tushdi

87.
Jarima to'pidan so'ng Yanuzay Ivanovichni yiqitdi...va hujum uzilib qoldi

86. Ogohlantirish. "CHelsi".
Azar

83.
Yanuzay burchak to'pini amalga oshirdi, Roxo to'pga eta olmadi. Kurtua maydonda yotibdi. Roxo bilan to'qnashib ketgan ekan

80.
Rafaelning pasidan so'ng Uilson boshi bilan zarba berdi, noaniq

79. Yanuzay!
Jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

78. Yana bir vaziyat! Yana Van Persi!
Bu safar o'tkir burchakdan chap oyog'i bilan zarba berdi! To'pni Kurtua qaytardi!

75. ZARBAAAAAAAA! Van Persining zarbasidan so'ng to'p Matichning qorniga tegib qaytdi!
Nemanyaga yordam kerak. Uni sheriklari o'ziga keltirishdi

72.
Negadir goldan so'ng MYU emas "CHelsi"da ko'proq imkoniyat bo'layotgandek...

68. ZARBAAAAAAAAAA! IVANOVICH! Jarima maydoni ichiga kirib borgan himoyachi darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi, noaniq!

66. O'zgarish. MYU.
Mata o'rniga Jeyms Uilson tushdi

65. O'zgarish. "CHelsi".
Oskar o'rniga Obi Mikel tushdi

65.
Di Mariya burchak to'pini amalga oshirdi, Smolling zarba berdi, noaniq

63. Ogohlantirish. "CHelsi".
Ivanovich

63.
Di Mariya endi chap qanotga o'tib oldi, hozir Ivanovich uni yiqitdi.

62. Ogohlantirish. "CHelsi".
Oskar.

61.
"Borussiya M" - "Bavariya" uchrashuvining birinchi bo'limida hisob ochilmadi

60. VILLIAN!! DE XEA!!! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarba aniq edi, lekin ispaniyalik posbon ajoyib o'ynashda davom etmoqda!

56.
"CHelsi" hisobni ochgan zahoti o'z darvozasi oldiga "avtobus" qo'ydi

54.
MYU endi hujumga o'tadi, bu aniq, demak o'yin qiziydi!

53. Burchak to'pidan so'ng Drogba boshi bilan mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi - 0:1.

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. DROGBAAAA!

52. ZARBAAAAAAAAAAAA! FANTASTIKA! DE XEAAAAAAAAAAAA! DAHSHAT!!!! Azar birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi De Xea to'pni qaytardi!

51. ZARBAAAAAAAAA! Burchak to'pidan so'ng Fellaini zarba berdi! Juda xavfli lekin biroz noaniq!

50. Ogohlantirish. "CHelsi".
Fabregas

50. XAVFLI VAZIYAT! Drongba-Ivanovich-Oskar-Fabregas kombinaciyasi golga olib kelishi mumkin edi! Sesk zarba bera olmadi!

48.
Jamoalar ikkinchi bo'limni birinchisidan ham sokinroq boshlashdi

46.
De Xea va Blind bir birlariga to'pni ikki uch marta oshirib turishdi, Smolling esa xatoga yo'l qo'ydi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2. Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha GOOOOOOOL! Yo'q... 15 daqiqa tanaffus

45+1.
Hozircha aniq zarbalar bo'yicha MYU ustunlikka ega: 3:1.

45. Fil Daud birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

45.
Di Mariya to'pni jarima maydoni markazida turgan Mataga oshirdi, "CHelsi"ning sobiq futbolchisining zarbasi o'xshamadi

44.
Ivanovich hozir jarima maydoni chizig'i yonginasida Yanuzayni yiqitdi. Xavfli jarima to'pi. Fil Daud o'zining spreyini qo'lga oldi...

43.
Dastlabki bo'limda gol bo'lmaydiganga o'xshaydur...

41. Javob hujumi. Mataning pasidan so'ng Yanuzay chap qanotdan jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, xavfli lekin biroz noaniq!

40. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! DROGBAAAAAAAAAAAAAA! DE XEAAAAAAAAA! QOYIL! Oskar to'pni jarima maydoni ichida qabul qilib orqaroqda turgan Drogbaga tashladi, uning kuchli zarbasidan so'ng De Xea oyoqlari bilan to'pni qaytardi!

39.
Yanuzay chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Keyxill to'pni qaytardi.

38. Ogohlantirish. "CHelsi".
Matich

37.
Azar va Roxo to'qnashib ketishdi hakam indamadi. Matich esa van Persini yiqitdi. Jarima to'pi

36. DI MARIYA!
Jarima to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi, Kurtua uni "Real"da o'ynab yurganida yaxshi tanirdi, hozir ham to'pni ushlab oldi.

34. Azar jarima to'pini amaga oshirdi, Smolling Ivanovichni yiqitdi, Daud bu vaziyat penaltiga tortmasligini ko'rsatdi

34.
Fellaini Felipe Luisga tarsaki tushurdi, Fil Daud Maruanga "ponyatka" berdi

33. XAVFLI VAZIYAT! Villian Roxoning xatosidan so'ng darvozaga qarab bordi, lekin Smolling sherigining xatosini to'g'rilab yubordi. Aks holda...

32. SHu sahifada hozirgina boshlangan "Borussiya M" - "Bavariya" uchrashuvining natijasini ham berib boramiz. Takliflarga binoan

30.
Uchrashuvning dastlabki yarim soati ortda qoldi hamon gol yo'q

28.
Di Mariya va Matich to'qnashib ketishdi. Maydonga Eva Karneyro honim tushib keldilar...bu kim deydigan odam bo'lmasa kerak..."CHelsi"ning shifokori

27.
Ueyn Runi albatta bahsni stadiondan kuzatmoqda. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Hujumchi o'ziga yarasha "modniy". Qora kurtka kiyib olgan

25.
"CHelsi"ning hujumi, Villian jarima maydoni ichida to'pni sheriklariga oshira olmadi

24.
MYU tashabbusni o'z qo'liga olmoqda. Hisob ochilishi mumkin edi

23. ZARBAAAAAAAA! Yana Van Persi! Bu safar boshi bilan yo'llagan zarba darvozaning yuqorisiga kirib ketayotgandi, Kurtua to'pni qo'llarib bilan ushlab oldi!

22. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! VAN PERSIIIIIIII! KURTUAAAAAAAAAA! Ajoyib pasdan so'ng van Persi birga bir vaziyatga chiqib bordi berilgan zarbadan so'ng Kurtua to'pni qaytardi!

21. Ogohlantirish. "CHelsi".
Drogba

19.
Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Smolling darvozaga yo'lladi, noaniq

18.
CHamasi 30 metrlardan jarima to'pi, Kurtua jonli devorga baqirmoqda...odatiy holat

18.
Di Mariya hozir markazda paydo bo'ldi va Matichdan qochib ketdi, Nemanya uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi

15.
Bugun Di Mariya o'ng qanotda o'ynamoqda, Felipe Luis ancha terlaydi bu aniq...

14. Xavfli vaziyat!
Jarima maydoniga oshirilgan to'pni Ivanovich darvozaga yo'llashga urindi, noaniq. Keyingi vaziyatda Drogbaning boshi bilan yo'llagan zarbasi ham darvozaga bormadi

13.
"CHelsi" jarima to'piga ega bo'ldi. Fabregasning jarima maydoniga oshirgan to'pi De Xeaga nasib qildi

12. Ogohlantirish. MYU.
Rafael

10.
MYUning chap qanoti faol. Yanuzay hozir SHouni oldinga boshladi, Lyuk sal qolsa darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi. Keyxill o'z o'rnida

9.
"CHelsi" futbolchilari ikkinchi bor oddiy vaziyatda xato qilishmoqda...hayajondanmi bu?

8. DI MARIYA! CHap qanotdan boshlangan hujumni Anxel kuchli zarbasi bilan yakunladi, kuchli lekin noaniq zarba!

7.
Dastlabki daqiqalarda mezbonlar safida Fellaini ancha faol...

6.
Gari Kexill oldinga bordi, to'pni chap qanotdagi Azarga oshirdi, Eden to'pni to'xtatishda xato qildi, oddiy vaziyat edi

5.
"CHelsi"ning yana bir hujumi...Azar jarima maydoni ichida! Fellaini "korpus" bilan to'pni olib qo'ydi. Eden salga yiqilib olgani yo'q! Malades. O'yin davom etadi

4. Xavfli vaziyat!!! Van Persi to'pni Fellainiga oshirdi, uning tovoni bilan yo'llagan zarbasi o'xshamadi. Keyingi hujumda Di Mariya to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi! Noaniq

3.
Bo'yi uzuuuun Fellaini to'pni qaytarib yubordi va qarshi hujumni boshlab berdi, Di Mariya oldinga o'tmoqda

3.
"CHelsi" ketma ket ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi.

2. Ilk xavfli vaziyatni mehmonlar tashkil etishdi. Roxoning xatosi tufayli Drogba to'pni Oskarga tashladi, uning zarbasi yo'liga Smolling to'g'anoq bo'ldi!

1.
Toshkentda shiddat bilan qor yog'moqda. Manchesterda esa havo ochiq, Mourino kastyum shim kiyib olib bo'yniga sharf taqib olgan...

1.O'YIN BOSHLANDI. Demak boshladik!


- Lui Van Gaal va Joze Mourino bir necha yillar avval birga ishlashgan. SHu sababli ikkala murabbiy bir birini juda hurmat qiladi. Ammo maydonda jang bo'lishi aniq!

- "CHelsi" safida Diego Kosta yo'q, Loik Remi ham tusha olmaydi. Lekin qolgan o'yinchilar ulardan hech ham qolishmaydi. Demak ajoyib o'yin ko'ramiz, bunga shubha yo'q...

- Bugun MYU safida jarohat olgan Falkao va Fil Jons yo'q, Runi hamon diskvalifikaciyasini o'tamoqda

- MYU va "CHelsi" o'rtasidagi bahsni sizlar bilan Narzulla birga kuzatib boradi. To'lqin akaga "srazi" salom

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Angliyada katta o'yin boshlanmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика