MYU sobiq skauti: "Qizil iblislar" de Ligt va de Yongdan voz kechishgan"
11 dek 2018 13:59
Yangiliklar
MYU sobiq skauti: "Qizil iblislar" de Ligt va de Yongdan voz kechishgan"
"Manchester Yunayted"ning yosh iqtidorlar izlash bo'limi sobiq rahbari Derek Lengli o'z vaqtida klub xarid qilishni istamagan futbolchilar haqida gapirib berdi.
"Klub voz kechgan futbolchilar? Mateys de Ligt. U haqida qancha hisobot tayyorlaganimni eslay olmayman. Biz kuzatgan Frenki de Yong va boshqa futbolchilar butun Evropa etiborida. Ular orasida hozir "Leypcig" sharafini himoya qilayotgan Yupamekano ham bor edi.
Bir kuni Ed Vudvord bilan uchrashib, quyidagi gaplarni aytganman: "Agar siz xohlagan narsani aytishimni kutayotgan bo'lsangiz, adashasiz, boshqasiga murojaat qiling, chunki men o'ylayotganimni gapiraman". SHu gaplarimdan 7 oy o'tib meni ishdan bo'shatishdi. MYU klubdagi faoliyatim va olib kelgan futbolchilarim uchun minnatdorchilik bildirdi, ammo jamoa kuchliroq bo'lishi mumkin edi" - deydi Lengli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar