MYU sobiq sardori Angliyani Afrikaning to'rtinchi jamoasiga almashtirdi
25 mar 11:31
Yangiliklar
MYU sobiq sardori Angliyani Afrikaning to'rtinchi jamoasiga almashtirdi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi xalqaro futboldagi o'yinlarda muntazam qatnashish uchun muhim qaror qabul qildi.
Himoyachi Aksel Tuanzebe buyog'iga o'zi tug'ilib o'sgan mamlakat – Kongo Demokratik Respublikasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi, deb xabar bermoqda Kongo DR futbol associaciyasi.
Markaziy himoyachi yoshlar darajasida nom qozongan. Angliyaning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o'ynagan va hatto "Manchester Yunayted" sardorlik bog'ichini ham taqqan. Biroq doimiy jarohatlar 26 yoshli Tuanzebening rivojlanishini to'xtatib qo'ydi. U hozir CHempionshipda "Ipsvich" uchun o'ynamoqda va Angliya terma jamoasi uni chaqirishi dargumon edi.
Eslatib o'tamiz, Kongo Demokratik Respublikasi so'nggi Afrika Millatlar Kubogida to'rtinchi o'rinni egallagandi. "Leopardlar" FIFA reytingida 63-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar