MYU sobiq futbolchisi: "Pogba "Yunayted" afsonasiga aylanishi mumkin"

Alisher
17 yanv 2020, 11:07
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Li Sharp jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

Sharpning gaplariga ko'ra, Pogba "qizil iblislar" afsonasiga aylanishi mumkin.

"Klub uni saqlab qolishini xohlar edim. U MYU afsonasiga aylanishi mumkin. U Sulsherning hozirgi futbolchilari orasida eng kuchlilaridandir.

Pol - dunyo darajasidagi futbolchi. Ha, u oxirgi paytlarda maydonga kam tumshoqda. Ammo, agar jamoa uning atrofida yig'ilsa va uning darajasidagi ko'plab futbolchilar olib kelinsa, u ko'p yillar davomida klubning eng muhim futbolchilaridan biri bo'la oladi", - deydi Sharp.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports