“MYU” Smollingni sotishga tayyor, unga “Everton” xaridor

Aslanov Jasurbek
25 mar 2018, 10:16
“Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Kris Smollingga Angliyaning boshqa bir jamoasi “Everton” qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar 28 yoshli futbolchini mavsum yakunlanganidan so'ng o'z saflariga qo'shib olishni rejalashtirishyapti. Mankunianliklar ham muzokaralar uchun ochiq ekanliklarini ma'lum qilishdi. 

“Everton” Smollingga faxriy himoyachi Fil Jagelka va Eshli Uilyamsga voris sifatida ko'ryapti. Smollingning “MYU” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakunlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif