So’nggi yangiliklar

11:29Саудия Арабистони клуби Винисиус ва Анчелотти учун 800 млн евро ажратиб қўйди  1 10:50Симоне Инзаги: «Нима учун Мхитаряннинг голи инобатга олинмаганини ҳали ҳам тушунмаяпман»  9 10:22«Реал Мадрид» «Ливерпуль» футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  7 09:54Аббосбек Файзуллаев ўзаро ўйинда Ўзбекистон Россияни мағлуб этадими деган саволга жавоб берди  17 09:26Рафинья Мессининг рекордини янгилади  4 08:58Криштиану Роналду «Ал Насср»нинг Элит ОЧЛнинг финалига чиқа олмаганига муносабат билдирди  16 08:30Испания терма жамоаси собиқ мураббийи Қатарни бошқариши мумкин  1 08:04Флик кечаги дуранг ҳақида фикр билдирди  33 07:42КОНКАКАФ чемпионлар лигаси. Месси ва «Интер Майами» юришини ярим финалда тўхтатди  16 07:00"Барселона" ва "Интер" ўртасидаги "оловли" ўйинда "Интер"ни дарвоза тўсини қутқарди, Мхитаряннинг голи эса ҳисобга олинмади  25 02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  329 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  4 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  4 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  2

MYU - "Sautgempton" 0:1. Mehmonlar g'alaba qozonishdi! Yangiliklar

MYU - "Sautgempton" 0:1. Mehmonlar g'alaba qozonishdi!

"Manchester Yunayted" hamda "Sautgempton" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borish mumkin bo'ldi.

MYU - "Sautgempton" 0:1 

Gol: 0:1 – 69 Tadich.                                

"Manchester Yunayted" – De Xea, SHou (Blekkett, 64), Djons, Smolling, Blind, Di Mariya (Fellayni, 72), Kerrik, Valensiya, Mata, Runi, van Persi (Errera, 61).
"Sautgempton" – Forster, Bertran, Klayn, Alderveyreld (Gardosh, 21), Fonte, Vanyama, SHnayderlin, Uord-Prouz, Devis (Rid, 80), Elia (Tadich, 63), Pele.

Ogohlantirishlar: Bertran (35), van Persi (58), Tadich (70), Pelle (75), Kerrik (76).

                                            YANGILASH

Ushbu g'alaba "Sautgempton"ni APLda uchinchi o'ringa olib chiqdi. Ko'pchilik ushbu natijani sensaciya deb hisoblamoqda. Biz esa jamoalarning bugungi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak bunday demagan bo'lardik! Sizlar bilan birga o'yinni Aziz To'xtamurodov kuzatib bordi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! Sog' va salomat bo'ling!


90+5. O'yin yakunlandi!


90+4. To'p bilan mehmonlar.Burchak to'pi!


90+2. Kuman asabiylashmoqda! Van Gaal esa o'z joyidan turib o'yinni kuzatmoqda. U hotirjam. Ha, u o'rganib qoldi bunday holatlarga :)


90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa qo'shib berildi!


90. Tadich jarohat olib MYU jarima maydoni oldida yiqilib yotibdi.


88. "Sautgempton" futbolchilari tezkorlik bilan qarshi hujum uyushtirishga harakat qildilar. Lekin, yakuniy zarba berishda mehmonlar futbolchisi bir oz shoshdi!


87. Burchak to'pi. Runi oshirib bergan to'p havfli vaziyat yaratilishi uchun kamlik qildi.


85. Mezbonlar shoshilishmoqda!


83. MYU navbatdagi hujumni uyushtirdi. Xuan Mataning chap oyoqda bergan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi...


80. "Old Trafford"ga yig'ilgan muxlislar hushtakbozlikni boshlab yuborishdi.


80. Yana Mataaaa! Deyarli birga-bir. Ammo yana noaniq!


79. Mataning zarbasi havfli chiqdi. Lekin, bir oz noaniq!


78. Fellayni raqib maydoni ichida yiqilib penalti ishlashga harakat qildi. Ammo, hakamlar ham uni kimligini juda yaxshi biladilar :)


77. Runi raqib darvozasiga yaqinlashishga harakat qilib ko'rdi. Himoyachilar esa o'z o'rnida!


76. Navbatdagi sariq kartochka. Bu safar mezbonlar vakili Maykl Kerrikga!


75. Mataga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Pelega sariq kartochka!


72. Di Mariya o'rniga Fellayni maydonga tushdi!


70. Ha aytgancha, golni futbolkasini echib nishonlagan Tadichga sariq kartochka ko'rsatildi!


70. Pelening bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Qaytgan to'pni zahiradan maydonga tushgan Tadich darvozaga joylab qo'ydi. MYU himoyachilari ojiz qolishdi!


69. Zarbaaaaaa!!!! GOOOOOOOOLLL!!!! Tadich!!!


67. Gol kerak. O'yin tempi juda ham tushib ketgan!


65. Ketma-ket o'zgarishlarga qaraganda murabbiylar o'yin borishini o'zgartirmoqchilar shekilli.


64. Yana o'zgarish. SHou o'rniga Bleket!


62. O'zgarish. Elia o'rniga Tadich!


60. O'zgarish. Van Persi o'rniga Ander Errera!


58. Robin van Persiga maydon markazida ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirish! Umuman keraksiz fol.


56. Gollandiyalik murabbiylar duelida kimni qo'li baland kelarkin? Van Gaalnimi yoki Ronald Kumannimi?


53. Runining jarima maydonchasiga etkazib bergan to'piga MYU futbolchilaridan biri boshi bilan zarba berdi. "Ot vorot"!


52. Blindga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pi! Kim teparkin? Runimi? Di Mariya ham uning oldida!


50. O'yin tezligi bir oz bo'lsada oshdi.


48. "Soton" safida Elia faol harakat qilmoqda. Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. Himoyachilar o'z o'rnida!


46. To'p bilan "Sautgempton" vakillari. Smolling mehmonlar hujumini bartaraf etdi.


46.Ikkichi taymni mezbonlar boshlab berishdi!


Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!


Birinchi bo'limga qo'shib berilgan bir daqiqa ham o'z yakuniga etdi. Tanaffus!


45. Statistika: Darvoza tomon aniq zarbalar 0:0. Ha mayli, davom etamiz!


45. Di Mariya ijrosida yana bir noaniq zarba!




42. Vaaaan Perssiiii!!! Yo'q! Runi tomonidan oshirilgan to'pni gollandiyalik futbolchi darvozaga yo'lladi. Ammo, lekin, biroq... Zarbani ushlab olish Forsterga qiyinchilik tug'dirmadi!


40. Ochig'ini aytadigan bo'lsak jamoalar tomonidan hozircha havli vaziyat sodir etilgani yo'q. Ammo, bu APL! Bu erda barchasi bir daqiqa ichida o'zgarib ketishi mumkin!


38. Sal qolsa Di Mariya raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib olishi mumkin edi. Ammo argentinalik to'p ustasi koptokni o'ziga to'g'irlay olmadi...



Viktor Valdes "qizil iblislar" zahira o'rindig'ida o'yinni borishini kuzatmoqda.



36. Di Mariya tepgan to'p yana jonli devorga tegib qaytdi!


35. Bertranga sariq kartochka. Valensiyani yiqitgani uchun. Jarima zarbasini ko'ramiz!


33. Lui van Gaal shogirdlaridan norozi bo'lmoqda.


31. Ana endi "qizil iblislar" hujumga o'tishdi. Ammo, mehmonlar himoyachilari o'z o'rnida.


29. MYU pressing qo'llamoqda.


27. Jamoalar navbatma-navbat hujumga o'tishmoqda.


24. Mehmonlar tezkorlik bilan qarshi hujum uyushtirishga harakat qilib ko'rishdi. Ammo, De Xea o'z o'rnida!


21. O'zgarish! "Sautgempton" tarkibida o'zgarish. Jarohat olgan Alderveyreldning o'rniga Gardos maydonga tushdi.


20. Van Persiiiii. Uzoqdan berilgan zarba bir oz noaniq!


19. O'zgarish ko'ramiz shekilli!


18. Mehmonlar futbolchisi o'z jarima maydonida jarohat olib yiqilib yotibdi. MYU futbolchilari esa feyr-pleyga amal qilishdi.


16. MYU o'ng qanot bo'ylab hujum uyushtirishga harakat qilmoqda. Lekin, mehmonlar osonlikcha taslim bo'lmoqchi emaslar.


13. To'p nazorati hozircha mehmonlarda.


12. "Sautgempton" futbolchilari o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirishdi. Burchak to'pi!


10. O'yin hozircha teng kurashlar ostida kechmoqda. Jamoalar tayinli hujum uyushtirganlaricha yo'q.


8. Di Mariya raqib himoyachilarini aldab zarba berdi. Biroq, noaniq!


7. Runining jarima to'pidan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.


6. Di Mariya jarima maydoni oldida yiqitildi. Jarima to'pi!


4. Aynan 4-daqiqaga kelibgina mezbonlar raqib tomon ilk hujumni uyushtirishdi. Ammo, bu samarasiz.


2. Dastlabki hujum "Soton" futbolchilari tomonidan amalga oshirildi. Berilgan zarba De Xea darvozasi oldidan o'tib ketdi.


1. O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.


1. Demak boshladiiiik!

Aytgancha, ispaniyalik darvozabon Viktor Valdes mezbonlar zahira o'rindig'ida o'tiribdi.

Jamoalar maydonga tushib kelmoqdalar!


Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar turnir javvalida yonma-yon ketmoqdalar. MYU 37 ochko bilan 3-o'rinda ketayotgan bo'lsa, "Sautgempton" 36 ochko to'plagan holda "qizil iblislar"ni taqib qilmoqda!


-
Assalomu  alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Angliya chempionati 21-turidan o'rin olgan MYU - "Sautgempton" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz. 

Manchester Yunayted –De Xea, SHou, Jons, Smolling, Blind, Di Mariya, Kerrik, Valensiya, Mata, Runi, van Persi.
Sautgempton –Forster, Bertran, Klayn, Alderveyreld, Fonte, Vanyama, SHnayderlin, Uord-Prouz, Devis, Elia, Pelle.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика