MYU Sanchoning transferidan so'ng Keyn, Rays va Pau Torresni xarid qilmoqchi
01 iyu 2021 14:33
Yangiliklar
MYU Sanchoning transferidan so'ng Keyn, Rays va Pau Torresni xarid qilmoqchi
"Manchester Yunayted" "Borussiya" vingeri Jeydon Sanchoning xarididan so'ng transfer bozoridagi ishlarni davom ettirmoqchi.
21 yoshli yarim himoyachining xaridi MYU uchun 85 million evroga tushdi, yana 10 million bonuslar sifatida ko'zda tutilgan.
"Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning short-listidan shuningdek "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn, "Vest Xem" xavbeki Deklan Rays va "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres o'rin egallagan.
MYU shuningdek "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripperga ham qiziqishni saqlab turibdi.
Fikrlar