MYU Sanchoga 7-raqam va haftasiga 400 ming funtlik shartnoma vada qildi
31 mar 2020 17:42
Yangiliklar


MYU Sanchoga 7-raqam va haftasiga 400 ming funtlik shartnoma vada qildi
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" jamoasi xavbeki Jeydon Sanchoning transferi ustida ishlamoqda.
"Yunayted" 20 yoshli xavbek uchun haftasiga 400 ming funt miqdorida maosh berishga tayyor.
Klub bundan tashqari unga Jorj Best, Erik Kantona, Devid Bekxem, Maykl Ouen va Krishtianu Ronaldular o'ynagan 7-raqamni vada qilmoqda.
Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoning transferi uchun 130 million evro sarflashga tayyor.
Sancho joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 15ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar