MYU Sanchesni sotishga tayyor
10 fev 2020 19:29
Yangiliklar
MYU Sanchesni sotishga tayyor
Ayni damda chililik futbolchi ijara asosida "Inter" tarkibida o'ynamoqda. "Manchester Evening News" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchini sotib yuborish uchun xaridorlar izlamoqda.
Oldinroq "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ijara muddati yakunlanganidan keyin Sanches jamoaga qaytishini aytib o'tgandi. SHunday bo'lsa ham, rahbariyat ayni damda Aleksisning transferi uchun ishlarni davom ettirmoqda.
Sanchesning MYU bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. "Yunayted" va "Inter" tuzgan shartnomaga ko'ra, milanliklar ijara muddati yakunlanganidan keyin futbolchini sotib olisholmaydi. Futbolchi "Inter"da o'zining oldingi holatini tiklayotgani MYU rahbariyatini qiziqtirmayapti.
Umumiy hisoblaganda, Sanches "Inter" tarkibida 383 daqiqa o'ynadi va o'rtada 3 oy davomida jarohatini davoladi. U 7 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar