MYU Romelu Lukakuni ketishiga rozi bo'ldi
30 may 2019 12:06
Yangiliklar


MYU Romelu Lukakuni ketishiga rozi bo'ldi
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Romelu Lukakuni sotishga rozi bo'lishdi.
Oldinroq belgiyalik forvardning "Inter" bilan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyorligi haqidagi xabarlar yangragan edi.
Lukaku 2018/19 yilgi mavsumda MYUning ikkinchi to'purari bo'ldi. U bu natijaga 45ta o'yindagi 15ta goli bilan erishdi. Fevral oyi oxiri va mart oyi boshlarida u ketma-ket 3ta o'yinda dubl qayd etdi. Ammo mavsum yakunlanishiga qadar yana tarkibdagi o'z o'rnini yo'qotib qo'ydi.
Eslatil o'tamiz, Belgiya terma jamoasi hujumchisi MYU tarkibiga 2017 yilda "Everton" jamoasidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar