MYU qiziqayotgan futbolchi: "Yozda jamoamni o'zgartirishim mumkin"
29 may 2021 00:35
Yangiliklar
MYU qiziqayotgan futbolchi: "Yozda jamoamni o'zgartirishim mumkin"
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde mavsumlar oralig'ida jamoasini o'zgartirishi mumkinligini yashirmadi.
"Bu rost, yozda boshqa jamoaga o'tishim mumkin. Biroq hali bir qarorga kelmadim. Ammo maqsadim - buyuk klub tarkibida o'ynash. Rivojlanish va sovrinlar yutishni istayman. Har bir mavsum boshida biror sovrinni maqsad qilish orzuim. SHu boisdan jamoamni o'zgartirishim mumkin. Ammo hech nima hali aniq emas", - dedi futbolchi.
Uning xizmatlariga ancha vaqtdan buyon "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
Fikrlar