MYU Pogbani APLning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantiradi
21 iyu 2021 13:11
Yangiliklar
MYU Pogbani APLning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantiradi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbaga mehnat shartnomasi taklif qilishni rejalashtirmoqda.
"Qizil iblislar" franciyalik xavbekni Angliya chempionatining eng yuqori maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishmoqchi.
Manchesterliklar Pogbaga 5 yillik shartnoma taklif qilishadi, unga ko'ra, futbolchining maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi. Tomonlar Evro-2020da so'ng shartnoma imzolashadi.
Pol MYUda 2016 yilning avgust oyidan beri o'ynaydi. Uning manchesterliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar