MYU o'z antirekordidan o'zib ketdi

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 18:53
Ayni damda "Manchester Yunayted" APLning 35-turi doirasida "Everton"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lmoqda.

Birinchi bo'lim mankunianliklar APLda ushbu mavsumdagi 45 va 46-golini o'tkazib yuborgandi. Ikkinchi bo'limda esa 47 va 48-gol ham o'tkazildi. Shu orqali jamoa o'z antirekordidan ham o'zib ketdi. 

Oldingi natija 1999/00 va 2001/02 yilgi mavsumlarda qayd etilgan va unda 45tadan gol o'tkazib yuborilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA