MYU "Old Trafford" o'rniga 100 ming o'rinli yangi stadion qurishni rejalashtirmoqda
11 mar 14:12
Yangiliklar


MYU "Old Trafford" o'rniga 100 ming o'rinli yangi stadion qurishni rejalashtirmoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi tez orada "Old Trafford" o'rniga yangi stadion qurishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, yaqin vaqt ichida mankunianliklar rahbariyati tegishli bayonot bilan chiqadi. Yangi arena 100 ming o'ringa mo'ljallangan bo'ladi
"Manchesterlik va dunyoning eng buyuk memori Norman Foster haqiqatan ham "Manchester Yunayted"ning kelajagi uchun eng mashhur stadion loyihasini yaratdi.
Uch-besh yildan keyin MYU dunyodagi eng daromadli klubga aylanadi, agar biz rejamizni amalga oshira olsak va sovrinlar yutishni boshlasak, u dunyodagi eng mashhur stadionga ega bo'ladi," - dedi klub rahbarlaridan biri Jim Retkliff.
Ayni paytda MYU APL turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar