MYU Nevesh uchun "Arsenal" bilan kurashmoqchi
23 iyu 2021 12:28
Yangiliklar
MYU Nevesh uchun "Arsenal" bilan kurashmoqchi
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshga "Arsenal" va MYU qiziqish bildirmoqda.
London klubi anchadan beri o'yinchiga qiziqish bildirmoqda va hatto transfer bo'yicha uning vakillari bilan ham bog'landi.
Ammo, "Manchester Yunayted" uni ilib ketmoqchi. Klub 40 mln evroga baholanayotgan futbolchini Pol Pogbaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqchi.
Nevesh o'tgan mavsum APL doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar