MYU Maguayr uchun 40 million funtdan ortiq to'lashga tayyor emas
19 iyu 2019 11:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502116_original.jpg)
![](/upload/storage/502116_220.jpg)
MYU Maguayr uchun 40 million funtdan ortiq to'lashga tayyor emas
"Manchester Yunayted" "Lester" himoyachisi Garri Maguayrga ko'pi bilan 40 million funt bera oladi.
Ammo "Lester" 26 yoshli himoyachi uchun 80 million funtdan kamiga rozi emas. Agar MYU bu talabni qondirsa va rozi bo'lsa, bu bitim Maguayrni dunyodagi eng qimmat himoyachiga aylantiradi.
Hozirgi rekord "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 75 million funt evaziga o'tgan Virjil van Deykka tegishli.
Maguayr yakunlangan mavsum "Lester" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan. "Manchester Yunayted" 2018/19 yilgi mavsumda, APLda 6-o'rinni egalladi. "Qizil iblislar" kelasi mavsumda Evropa Ligasida harakat qilishadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar