MYU Lukakuni "Inter"ga arzon narxga qo'yib yubormaydi
25 may 2019 16:11
Yangiliklar


MYU Lukakuni "Inter"ga arzon narxga qo'yib yubormaydi
"Manchester Yunayted" hujumchi Romelu Lukakuni arzon narxga qo'yib yubormaydi.
Oldinroq, tez orada "Inter" boshqaruvini qo'lga oladigan Antonio Konte 26 yoshli forvardni jamoasiga taklif qilmoqchiligi xabar qilingan edi.
"Yunayted" qoniqarli summa taklif qilinsagina belgiyalikni qo'yib yuboradi. MYU 2017 yil hujumchi uchun "Everton"ga 75 million funt to'lagan, bonuslar hisobiga esa summa 90 mln evrogacha ko'tarilgan.
Ilgariroq "Inter" Lukaku uchun Ivan Perishich va 30 million evro taklif qilmoqchiligi haqida malumot tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar