MYU Igalo sotib ololmasligi mumkin, "SHanxay SHenxua" unga juda katta maosh taklif qilmoqda
27 mar 2020 06:27
Yangiliklar


MYU Igalo sotib ololmasligi mumkin, "SHanxay SHenxua" unga juda katta maosh taklif qilmoqda
"Manchester Yunayted"da ijara asosida to'p tepayotgan "SHanxay SHenxua" hujumchisi Odion Igalo Xitoy klubidan yangi shartnoma bo'yicha taklif oldi.
Aytish mumkin-ki, xitoyliklarning yangi taklifida moliyaviy tomonlar ancha yaxshilangan.
"Sky Sports"ning xabar berishicha, shanxayliklar Igaloga haftasiga 450 ming evrolik maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.
Oldinroq, MYU Odionni sotib olishga tayyorligi va u uchun 15 mln funt to'lashi ham mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Igalo "Yunayted" uchun 8 o'yinda 4ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar