MYU himoyachisi qishda APLning boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin
08 dek 2018 11:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466200_original.jpg)
![](/upload/storage/466200_220.jpg)
MYU himoyachisi qishda APLning boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian qishki transfer oynasida "qizil iblislar" safini tark etishi kutilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, 29 yoshli italiyalik futbolchiga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. London klubi Darmianni mavsum oxirida xarid qilish sharti ijaraga olmoqchi. Himoyachiga "Inter" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu italiyalik futbolchini qo'yib yubormasligi elon qilingan edi.
Darmian va MYU o'rtasidagi bitim 2019 yilning oxirida yakuniga etadi, ammo kelishuv shartlarida uni bir yilga uzaytirish mumkin. Italiyalik futbolchi 2015 yilda "Torino"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar