MYU himoyachisi qishda APLning boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 dek 2018, 11:38
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian qishki transfer oynasida "qizil iblislar" safini tark etishi kutilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli italiyalik futbolchiga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. London klubi Darmianni mavsum oxirida xarid qilish sharti ijaraga olmoqchi. Himoyachiga "Inter" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu italiyalik futbolchini qo'yib yubormasligi e'lon qilingan edi.

Darmian va MYU o'rtasidagi bitim 2019 yilning oxirida yakuniga etadi, ammo kelishuv shartlarida uni bir yilga uzaytirish mumkin. Italiyalik futbolchi 2015 yilda "Torino"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttomercatoweb