MYU futbolchisi: "AZ Alkmarga qarshi o'yindagi durang - jamoa uchun yaxshi natija"
04 okt 2019 12:21
Yangiliklar


MYU futbolchisi: "AZ Alkmarga qarshi o'yindagi durang - jamoa uchun yaxshi natija"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot Evropa Ligasi doirasidagi "AZ Alkmar"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mehmondagi bir ochko - MYU uchun yaxshi natija. Qiyin bo'ldi, ammo biz yomon o'ynamadik. Jamoa tarkibida ko'plab yosh futbolchilar bor.
SHu bilan birga himoyada ishonchli o'ynadik va durangga erishdik.
Biz - "Manchester Yunayted"miz. Bizning maqsadimiz yuqoriroq bo'lishi kerak. Bizning guruhdagi holatimiz yaxshi, ammo biz to'xtab qolmasligimiz zarur", - deydi Dalot.
Eslatib o'tamiz, MYU Evropa Ligasida 2 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda, "L" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar