MYU Errera o'rniga senegallik yarim himoyachini olib kelmoqchi
11 apr 2019 16:04
Yangiliklar


MYU Errera o'rniga senegallik yarim himoyachini olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" "Everton"ning senegallik yarim himoyachisi Idrisse Geyega qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, mankunianlar futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi. Geye MYU tarkibida yozda shartnomasi tugab, PSJga o'tishi kutilayotgan Ander Errera o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, PSJ qishki transfer oynasida Geye uchun 30 mln. evro taklif qilgan edi, ammo taklif rad etilgan.
29 yoshli Geye 2016 yining yozida "Aston Villa"dan "Everton"ga o'tgan edi. Transfer 8,5 mln. evro evaziga amalga oshgan. Joriy mavsum xavbek APLning 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar