MYU ECHLda 14 yil ichida ilk bor darvoza tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi
11 apr 2019 09:45
Yangiliklar


MYU ECHLda 14 yil ichida ilk bor darvoza tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi
“Manchester Yunayted” futbolchilari kecha “Barselona” darvozasi tomon bitta ham aniq zarba bera olmadi.
Ingliz klubi darvoza tomon 7 ta zarba bergan bo'lsa ham ularning birortasi aniq bo'lmadi. Bunday holat so'nggi bor MYU bilan 2005 yilda “Milan”ga qarshi bahsda qayd etilgandi. “Barselona” esa mazkur bahsda 7 ta zarba berdi, shundan 3 tasi aniq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar