MYU De Xeaning o'rniga boshqa darvozabon topib qo'ydi
18 noy 2018 17:42
Yangiliklar
MYU De Xeaning o'rniga boshqa darvozabon topib qo'ydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati darvozabon David De Xeaning ketishiga tayyorlanmoqda.
"The Sun" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati ispaniyalikdan keyin jamoa darvozasini ishonchli tarzda qo'riqlaydigan darvozabon topib qo'ygan. Gap "Everton" va Angliya termasi posboni Jordan Pikford haqida ketmoqda. 24 yoshli posbonning transfer narxi 67 mln evroga teng bo'lmoqda.
De Xeaning amaldagi shartnomasi yozga qadar mo'ljallangandi. Tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin. Oldinroq ispaniyalik MYUda qolmoqchi emasligi borasida malumotlar berilgandi.
Fikrlar