MYU afsonasi "Tottenxem" afsonasini oldindan ko'ra bilgan
04 jan 14:11
Yangiliklar
MYU afsonasi "Tottenxem" afsonasini oldindan ko'ra bilgan
2011 yilda Van Nistelroy 18 yoshli Son siyomosida bo'lajak yulduzni ko'rgan.
Rud van Nistelroy 2010 yil faoliyatini yakunlash chog'ida "Gamburg"da porlagan. Niderlandiyalik futbolchi 36 ta o'yinda 12 ta gol urgan va tez orada ketishi kerakligini tushungan, chunki uning o'rniga yangilar kelayotgandi. Bu 2010 yillar boshidagi eng yaxshi yosh istedodlardan biri, keyinchalik APLda 100 dan ortiq gol urgan va "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan Son Xyon Min edi. Van Nistelroy 2011 yildayoq bu yigitning katta o'yinchiga aylanishini tushungandi, shuning uchun Twitter'da shunday yozgan edi:
"Mening jamoadoshim Son Xyon Min, ulkan istedod! 18 yosh. Uni diqqat bilan kuzating. Ajoyib!".
Fikrlar