MYU 18 yoshli himoyachini nishonga oldi
27 mar 2019 14:29
Yangiliklar


MYU 18 yoshli himoyachini nishonga oldi
"Sent-Eten" himoyachisi Vilyam Saliba joriy mavsumdagi o'yini bilan Evropaning ko'plab klublari diqqatini tortdi.
Malumotlarga ko'ra, 18 yoshli futbolchi xizmatlariga hammadan ko'proq "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirish haqida o'ylamoqda. Mankunianlar franciyalikni hoziroq sotib olishga tayyor.
"Sent-Eten" Salibega qiziqish ortganini bilib, futbolchining narxini 30 mln. evro qilib belgiladi. SHu bilan birga Franciya klubi futbolchi transferdan so'ng yana bir mavsum jamoada ijara asosida qolishini xohlamoqda.
Saliba "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Liga 1ning 10ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar