Mxitaryan xavfsizlik sabab “Karabax”ga qarshi o'ynamaydi
01 okt 2018 23:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456118_original.jpg)
![](/upload/storage/456118_220.jpg)
Mxitaryan xavfsizlik sabab “Karabax”ga qarshi o'ynamaydi
“Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Evropa Ligasi guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan “Karabax”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Armanistonlik futbolchi xavfsizlik nuqtai nazaridan Ozarbayjonda o'tkaziladigan uchrashuvga bormaslikka qaror qildi. Ikki mamlakat mana bir necha yildirki, siyosiy ziddiyatlar og'ushida qolmoqda. Diplomatik aloqalar ham deyarli amalga oshirilmaydi.
Takidlash joiz, joriy mavsum Evropa Ligasining final uchrashuvi aynan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tadi. Agar “Arsenal” finalga qadar etib borsa, hal qiluvchi uchrashuvda Mxitaryanning xizmatidan foydalana olmaydi.
Malumot uchun, “Karabax” -“Arsenal” uchrashuvi 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21.55da boshlanadi. Joriy mavsumda 29 yoshli Mxitaryan “Arsenal” tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar