Mxitaryan sovrinini sovg'a qildi
14 jan 2017 00:44
Yangiliklar
Mxitaryan sovrinini sovg'a qildi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yaqindagina Angliya premer ligasida “Oyning eng yaxshi goli” sovriniga ega chiqqandi.
Futbolchi ushbu sovrinni besh yoshli bolakay Bredli Louriga taqdim etdi. Louri saraton kasalligiga salingan bo'lib, Premer liganing ko'pigan jamoalari va futbolchilari unga o'z yordamlarini ayashmaydi.
“Dekabr oyning eng yaxshi goli sovrinini yutganimdan judayam xursandman! Men va jamoamiz ushbu xursandchilikni sanderlendlik qahramon-bolakay, hayoti uchun kurashayotgan Bredli Louri bilan bo'lishmoqchimiz. Bo'sh kelma, bolakay”, deya o'zining “Vkontakte” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasig yozib qoldirgan Mxitaryan.
Armanistonlik futbolchi APLning 13- turida “Sanderlend”ga qarshi (3:1) kechgan bahsda “chayon” uslubidagi golini kiritgan va bu APLda dekabrning eng chiroyli goli deb topilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar